ALEKSANDR NEVSKIY

ALEKSANDR NEVSKIY (taxm. 1200 — 1263) — Novgorod knyazi (1236— 51). Aleksandr Nevskiyning otasi knyaz Yaroslav Vsevolodovich, onasi — qipchoq qizi boʻlgan. 1251-y. A. N. Botuxon oʻrdasiga kelib u b-n doʻstlashgan, soʻngra uning oʻgʻli Sartak bilan anda tutingan, natijada Botuxonning asrandi oʻgʻliga aylangan. 1252-y. tajribali sarkarda Nevruy noʻyon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinini Rusga boshlab kelgan. Aleksandr Nevskiyning akasi Andrey Shvetsiyaga qochgan va Aleksandr Nevskiy 1252-y. dan Vladimirning ulugʻ knyazi boʻlgan. 1240-y. 15-iyulda shved bosqinchilarini Neva sohilida tor-mor qilgani uchun «Nevskiy» laqabini olgan (q. Neva jangi) A. N. knyaz hokimiyatini mustahkamlashga intilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x