ALASHAN

ALASHAN — Xitoyning shim. dagi choʻl, Nanshan togʻlaridan shim.-sharqda. Mayd. qariyb 170 ming km2. A. ning yer yuzasi past togʻlar, qumli va toshloq yerlardan iborat toʻlqinsimon tekislik. Katta qum massivlari koʻchib yuradi, bal. 250 m gacha barxanlar hosil qiladi. Bal. 820 m dan (shim.-gʻarbida) 1660 m gacha (jan. da). Iqlimi kontinental, yanv. oyida t-ra — 6,8°, — 12, G, iyulniki 22,6° — 26,1°. Yogʻin kam yogʻadi (200 mm gacha). Eng yirik daryolari — Edzin-Gol (Joshuy), Shuyxe. Katta koʻli — Sogo-Nur. Alashanda gil tuproqli pastlik joylarda shoʻrxoklar, taqirlar uchraydi. Asosiy oʻsimliklari: juzgʻun, yovvoyi piyoz, saksovul va turli xil oʻtlar. Aholi siyrak, asosan koʻchmanchi chorvadorlar yashaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x