AL-IZOH

«AL-IZOH» — haftalik diniy, adabiy, ilmiy, siyosiy jurnal. Toshkentda «Ulamo» jamiyati tomonidan chop etilgan. Birinchi soni 1917-y. 19-iyunda chiqqan. Mudarris Abdumalikhoji Abdunabi oʻgʻli muharrirlik qilgan. Ma-qolalar koʻproq diniy masalalar boʻyicha savoljavoblar shaklida berilgan. Islomda bidʼat va xurofotga qarshi turishga intilgan. «Al-izoh»da mulla Muhammadazim Roʻzimuhammad oʻgʻli, mulla Hamidxoʻja, Said Maqsudxon, mulla Toshpoʻlat qori, mulla Pirmuhammad oʻgʻli, Saidahmad Vasliy, mulla Mirzo Oxunjon maxsum, mulla Tursunmuhammad aʼlam Turkistoniy va b. qatnashgan. 1918-y. martidan chiqishdan toʻxtagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x