AKUSTIK OʻLCHASHLAR — tovush teb-ranishlari toʻlqinlarini hamda akustik oʻzgartirgichlar, uskunalar, materiallar, konstruksiya va imoratlarning akustik xususiyatlari kattaligini aniqlash vositalari. Odam, hayvon, hasharot, parrandaning tovush chiqarishi va eshitish xususiyatlarini miqdoriy baholash ham Akustik oʻlchashlarga kiradi. Akustik oʻlchashlarda tovush tezligi, yutilishi, qaytishi, bosimi va tovush manbalarining baʼzi bir koʻrsatkichlari ham oʻlchanadi. Akustik oʻlchashlar texnikasida elektron usullar keng qoʻllanadi. Bu usullar qoʻllanganda tebranish buzilmay elektr toki yoki kuchlanishga aylantiriladi. Elektr akustik apparatlar, telefon, mikrofon va radiokarnaylarning koʻrsatkichlarini oʻlchash ham Akustik oʻlchashlar jumlasiga kiradi. Qurilish va meʼmorchilik akustikasida zal va turli binolarning tovush tarqatish xususiyatlari oʻlchanadi. Akustik oʻlchashlarda ishlatiladigan asboblar: mikrofon, gidrofon, termofon, shovqin oʻlchagich, soʻndirish boʻlmasi, reverberatsiya boʻlmasi, audiometrlar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые