AKUSTIK KOʻZGU

AKUSTIK KOʻZGU — tushayotgan tovush toʻlqini uzunligidan chiziqli oʻlchamlari bir necha marta katta boʻlgan silliq yuzali tovush kaytargich. Mas, dengiz sathi, imorat devori va b. Sirtdagi gʻadir-budurliklarning chiziqli oʻlchamlari tushayotgan tovush toʻlqini uzunligining 1Gʻ20 qisminigina tashkil etadigan Akustik koʻzgu silliq koʻzgu deyiladi. Takroriyligi (chastotasi) 500 gs dan yuqori boʻlgan tovush toʻlqinlari qaytargichning oʻlchami 2×2 m boʻlishi kerak. Tovush toʻlqinining tarqalish yoʻnalishini oʻzgartirish uchun yassi A. k. dan, parallel tovush toʻlqinlarini bir nuqtaga toʻplash (yoki yoyish) uchun paraboloid Akustik koʻzgu dan, bir nuqtadan chiqqan tovush toʻlqinlarini ikkinchi bir nuqtaga toʻplash uchun ellipsoid A. k. dan foydalaniladi. Akustik koʻzgu kurilish akustikasi, ultratovushlarni ilmiy tekshirish, texnika, tibbiyot va b. sohalarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x