AKSELERATSIYA

AKSELERATSIYA (lot. accelaratio – tezlashish) (biologiyada) — embrion (pusht) rivojlanishining maʼlum bosqichlarida uning ayrim aʼzolari shakllanishining tezlashuvi. Bolalar va oʻsmirlar oʻsishi hamda jismoniy rivojlanishining tezlashishi. Hoz. bolalar va oʻsmirlar har bir yoshda ancha oldingi yillardagi tengqurlariga nisbatan boʻychan boʻlib, vazni ogʻirroqdir. Bolalar katta boʻlgan sari, bu farq shunchalik seziladi. Ularning sut tishlari oldin boʻrtadi, doimiy tishlar bilan tezroq almashinadi, skeletining suyaklanishi ham oldinroq yuz beradi. Ogʻir mehnatning kamayishi, umumiy hayot tarzi, maishiygigiyenik shart-sharoitlarning yaxshilanishi, shuningdek yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohga yoʻl qoʻymaslik va b. A. ga olib kelishi mumkin. Akseleratsiya faqat bolalar gavda oʻlchamlarining jadal kattalanishida emas, balki ularning dunyoqarashi hamda fikrlashlari ilgarilab ketishi, shuningdek erta balogʻatga yetishida ham namoyon boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x