Akbar — Qaldirg’och

Qaldirg`ochim, qaldirg`och,
Qalam qoshli, sumbul soch.
Munchoq ko`zing sog`indim,
Qaldirg`ochim, qaldirg`och.

Zulfing ko`kdayin mayin,
Barmoq solib tarayin.
Yashirma mendan yuzing,
To`yib-to`yib qarayin.

Mening qalbim yaradir,
Suygan holim biladir.
Ko`ksimdan joy olgan tun
Ko`zingdan ham qoradir. {x2}

Kel, bag`rimni yoritgin,
Ko`zlarim yoshin artgin.
Yorning muz yuragini
Borib o`zing eritgin.

Yor debon devonaman,
Aqlimdan begonaman.
Ne savdo tushdi boshga?
Tun kechalar yonaman.

Sendan o`zga qushim yo`q,
Sensiz, bil, quyoshim yo`q.
Har bahor yo`qlab kelsang,
Boshqa hech tashvishim yo`q.

Qaldirg`ochim, qaldirg`och,
Qaldirg`ochim, qaldirg`och.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x