AKASHAK

AKASHAK, kontraktura — boʻgʻim harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi. Bunda muskul protoplazmasi kolloidi xususiyatlarining oʻzgarishi natijasida muskul uzoq vaqt qisqarib qoladi. Akashakga koʻpincha kuyish, jarohatlanish, yalligʻlanishdan soʻng paydo boʻlgan chandiqlarning tortishishi yoki gips bogʻlam qoʻyilishi tufayli boʻgʻimning uzoq vaqt qimirlamasligi, shuningdek markaziy yoki periferik nerv sistemasiinng shikastlanishi va b. sabab boʻladi. Davosi: shifobaxsh gimnastika, fizioterapiya, balchiq surkash, issiq qilish, mexanoterapiya, baʼzan jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x