AJROQLIK

AJROQLIK — tashqi yoki ichki kuch taʼsirida togʻ jinslarining oʻz ichidagi yoriqlar boʻylab alohida ajralishi. Odatda magma sovib, jinslarga aylanayotgan vaqtda yoki choʻkindi jinslar suvdan koʻtarilib quriyotganda, yoriqlardan yoki yopishib turgan joylardan yoriqlar boʻylab ajralgan kezlarida bu xususiyat namoyon boʻladi. Togʻ jinslarining ajralish shakllariga qarab Ajroqlik bir necha turli boʻladi; mas, choʻkindi togʻ jinslarida toʻrtburchakli, kubsimon, qatlamsimon, parallelepipedsimon, prizmatik yoki ustunsimon, sharsimon, toshtaxtasimon va b. A. yaxlit massivdan zarur shakl va oʻlchamdagi toshni ajratib olishni osonlashtiradi. Konchilik ishlarini ratsional loyihalashda ahamiyati bor. A3, As, Os — qad. turkiy qabilalardan birining nomi. Ular 7—11-a. larda hoz. Tuva Respublikasining gʻarbiy qismida yashagan. Asosiy qismi 7—8-a. lardayoq Yettisuvga koʻchib kelib, Ili va Chu daryolari boʻylariga, Kestak dovonining har ikki tomoniga oʻrnashgan. «Hudud ul-olam» asarida Ajroqlik tirkashlarning bir qismi deyilgan. Yenisey, Oltoy va Tyanshanning oʻrta asrlarga oid etnonimikasida Ajroqlik nomi qirgʻizlar bilan bogʻliq holda uchraydi. Oltoyda toʻrt os degan urugʻqabila nomi saqlanib qolgan. Tuva va Oltoy togʻ yon bagʻirlaridagi Ajroqlik larning bir qismi keyinchalik Sibir xalqlari (oltoy, teleut), Yettisuvdagilari esa qozoq, qirgʻiz va oʻzbek xalqlari tarkibiga singib ketgan. Hoz. Samarqand viloyatining gʻarbiy tumanlarida saroy qabilasiga mansub oʻzbeklar tarkibida Ajroqlik etnonimi saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x