AHURAMAZDA

AHURAMAZDA (Hurmuzd) — juda qad. zamonlarda tasavvur etilgan ezgulik xudosi. Ahuramazda yorugʻlik, obodonlik, salomatlik, tinchlik, farovonlik kabi barcha ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi, deb tushunilgan. Unga qarshi zulmat qorongʻulik, ochlik, vabo, ayoz, jang, zaharli jonivorlar kabi barcha yovuzliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi Anxramaynu (keyinchalik oʻzgargan shakli Ahriman) boʻlib, doimo Ahuramazda bilan kurashadi. Kurash A. ning gʻalabasi bilan tugaydi. Bu dualistik qarash zardushtiylik taʼlimotining asosi Avesto uchun zamin boʻlgan. Uning keyingi davrlarda yozilgan sahifalarida Ahuramazda yakka xudo darajasiga koʻtarilib, tavhid taʼlimotining asosi ni tashkil etgan. Turon va Eron xalqlarining qad. epik asarlarida Hurmuzd — ezgulik uchun kurashuvchi, Ahriman — yovuz timsol tarzida tasvirlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x