AHRORIY

AHRORIY, Xoʻja Ahroriy — xalq seleksiyasida yaratilgan ertapishar oʻrik navi. Daraxti kuchli oʻsadi, keng shoxshabbali, shoxlanishi oʻrtacha, bargi yirik, si Irak tukli va uchli. Guli oʻrtacha, oq. Mevasi yirik (40 — 45 g), och sariq, qizil, baʼzan zargʻaldoq, eti qalin, sershira (12,3% ga qadar qand, 0,8% kislota bor), eti danagidan yaxshi ajralmaydi. Magʻzi shirin. Shoʻrlangan va yer osti suvlari yuzaroq joylarda ham oʻsadi. Sovuqqa chidamli. Koʻchati eqilganidan keyin 5—6 – yili hosilga kiradi. 20— 25 yoshida 60—70 kg meva beradi. Mevasi iyunning oʻrtalarida pishadi va tez toʻkilib ketadi. Hoʻlligida isteʼmol etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x