Ahror Usmonov — Aqling bo’lsa

Aqling bo`lsa, yaxshilar-la hamdam bo`l,
Ahmoq o`zin nodon birla yor aylar.
Chin oshiqlar hijronda yor jamolin
Bir ko`rsam deb, kecha-kunduz zor aylar.

Chin oshiqlar hijronda yor jamolin
Bir ko`rsam deb, kecha-kunduz zor aylar.

Nomard g`ussasidan qolibman dardda,
Ko`ngil orom topmas bir pinhon yerda, (x2)
Moli ko`p deb mehmon bo`lma nomardda,
Jo`mard faqir bo`lsa hamki bor aylar. (x2)

Nomard o`z uyida mardcha so`z aytar,
Nodon esa haqing tanobin tortar,
Mard yigit mol topsa, himmati ortar,
Nomard foyda topsa, ko`nglin tor aylar.

Maxtumquli, endi o`zingni ko`zla,
Yaxshini ta’riflab, yomonni tuzla. (x2)
Oz yeb, oz uxlagil yana oz so`zla,
Ko`p so`z oxir el ichinda xor aylar. (x2)

Aqling bo`lsa, yaxshilar-la hamdam bo`l,
Ahmoq o`zin nodon birlan yor aylar.
Chin oshiqlar hijronda yor jamolin
Bir ko`rsam deb, kecha-kunduz zor aylar.

Chin oshiqlar hijronda yor jamolin
Bir ko`rsam deb, kecha-kunduz zor aylar. {x2}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x