AHOLIGA 800 MING SO‘MDAN PUL TARQATILADI.
📃 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
⚡️ Qarorga ko‘ra, shu oyda ya’ni, yangi yilgacha bo‘lgan davr ichida aholining quyidagi qatlamlariga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
❗️Ular;
1) ➖2021 yil davomida «Temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
2) ➖18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
3) ➖18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.
❗️Moddiy yordam faqat yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi shaxslarga beriladi.