AGROSANOAT INTEGRATSIYASI

AGROSANOAT INTEGRATSIYASI — q. x. va sanoat tarmoqlarining iqtisodiy, fan-texnika, texnologiya va b. xoʻjalik imkoniyatlarini birlashtirish (qoʻshish) orqali i. ch. va mehnatning umumlashtirilishi. Xom ashyo i. ch. va uni qayta ishlashni oʻzaro muvofiq holda rivojlantirish kooperatsiya (toʻgʻridan toʻgʻri kontraktatsiya va shartnoma asosida), shuningdek kombinatsiya (xom ashyo yetishtiradigan va uni qayta ishlaydigan korxonalarning tashkiliy birlashishi) yoʻli bilan olib boriladi. Integratsiya jarayonlari, asosan agrosanoat korxonasi koʻrinishida eng izchil rivojlanadi. Boshqarish, rejalashtirish, birgalikda fondlar, moddiy-texnika taʼminotini markazlashtirish, korxonalar, yordamchi xizmat muassasalari yaratish va b. pirovard mahsulot olish uchun i. ch. dagi barcha bosqichlarning uzviy birlashishiga zamin yaratdi. Agrosanoat integratsiyasining rivojlanishi, bir tomondan, q. h. sohasiga boshqa sohalarning, birinchi navbatda sanoatning kirib kelishini, ikkinchi tomondan, q. x. ishlab chiqarishining borgan sari umumiy xalq xoʻjaligi bilan uygʻunlashib borishini anglatadi. Tarmoqlararo balans hisob-kitoblariga koʻra, hoz. paytda q. x. sanoatdagi asosiy tarmoqlarning yarmidan koʻprogʻi mahsulotlaridan foydalanmoqda. Q. x. ning sanoat va xalq xoʻjaligidagi boshqa tarmoqlari b-n qoʻshiluvi qaysi darajada sodir boʻlmasin, obyektiv jarayon — integratsiyani bildiradi. Integratsiya natijasida agrar va sanoat faoliyatlarini umumiy texnologik jarayon asosida yagona xoʻjalik majmui tarzida birlashtiradigan agrosanoat korxonalari, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulot olishning barcha bosqichlarini oʻz ichiga oladigan hududiy, tashkiliy va texnologik birlashgan korxonalar majmui boʻlgan agrosanat birlashmalari va mamlakat xalq xoʻjaligi miqyosida agrosanoat maekmui yuzaga keladi. Oʻzbekistonda Agrosanoat integratsiyasining mahsuli boʻlgan dastlabki agrosanoat korxonalari va agrosanoat birlashmalari paxtachilik, qorakoʻlchilik, bogʻdorchilik sohalarida 20-a. ning 60-y. larida paydo boʻlgan («sovxoz-zavod», «kolxoz-zavod»lar). 90-y. larning 2-yarmidan agrofirmalar tuzila boshladi. Agrosanoat integratsiyasi agrosanoat i. ch. ning mazmuni, agrosanoat korxonalari, agrar-sanoat birlashmalari va agrar-sanoat majmualari bu jarayonning turli shaklda rasmiylashuvidir. Q. x. da . A. i. rivoji fan-texnikaning yangi yutuqlariga tayangan holda eng yuqori mehnat unumdorligini taʼminlash va xarajatlarni keskin kamaytirishga xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x