Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
“Bu ishni bajara olmaysan” deganlarida sening emas, oʻzlarining imkoniyatlaridan kelib chiqib gapirayotgan boʻladilar.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Juda gʻazablanib turganingda qaror qabul qilma.
Juda xursand boʻlib turganingda vaʼda berma.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Qiyin vaziyatlar boʻronlarga oʻxshaydi. Boʻronlar barglarni toʻkilishiga sabab boʻlganidek, ogʻir vaziyatlar yuzdagi niqoblarning toʻkilishiga sabab boʻladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar ogʻriqni his qilsang, demak sen tiriksan. Agar boshqalarning ogʻriqlarini his qilsang, demak sen insonsan.
“Hikmat durdonalari”
*****
- Farzandlaringizni qanday qilib telefon, planshet oʻynashni toʻxtatib, uning oʻrniga kitob oʻqishga koʻndirdingiz?
- Bolalar bizni eshitmaydilar, balki bizga taqlid qiladilar.
“Dunyo ajoyibot va gʻaroyibotlari”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/agar-boshqalarning-ogriqlarini-his-qilsang-demak-sen-insonsan/