Afruz guruhi, Shohruhxon — Jonginam meni

[Shohruhxon]
Kim bilar ekan nechun, nega,
Ishqning gullari so’nsa qaytmas o’rniga?
Aybim meni qiynaydi, kech ham azon,
Men hayron.

Kim bilar ekan nechun, nega,
Ko’ngil bir bor sinsa qaytmas holiga?
Jonim meni tark etma, solma hijron,
Men hayron.

[Afruz guruhi]
Boqmasdan turib meni aqlimdan ozdirgan,
Chorlamay hech bir zamonda qalbimdan bezdirgan,
Beshubha butun diqqatimni qozongan,
Jonginam mening.

Dilingni og’ritdimmi, so’zla, to’kma jonim yosh,
Ta’sirlanaman ko’targani yetmaydi bardosh.
Mendan ranjimagin, iltimosim burma qosh,
Jonginam mening.

Ko’zlarimga ko’ringan faqat sen o’zing,
Beg’ubor har tundan beri yorug’ tabassuming,
Qaraganda meni lol etar nigohing,
Yolg’izim mening.

Dilingni og’ritdimmi, so’zla, to’kma jonim yosh,
Ta’sirlanaman ko’targani yetmaydi bardosh.
Mendan ranjimagin, iltimosim burma qosh,
Jonginam mening.

[Shohruhxon & Afruz guruhi]
Kim bilar ekan nechun, nega,
Ishqning gullari so’nsa qaytmas o’rniga?
Aybim meni qiynaydi, kech ham azon,
Men hayron.

Kim bilar ekan nechun, nega,
Ko’ngil bir bor sinsa qaytmas holiga?
Jonim meni tark etma, solma hijron,
Men hayron.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x