ADRIANOPOL SULH SHARTNOMASI — 1828—29 y. lardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan sulh shartnomasi. Adrianopol (hoz. Edirne) sh. da imzolangan. 1827-y. 6-iyulda Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlari oʻzaro til biriktirib, Turkiyadan Gretsiyaga muxtoriyat berish masalasini qoʻydilar. Biroq Turkiya hukumati bu talabni rad etdi. Buning ustiga Dunay knyazliklarida Rossiyaning ustunligini tiklagan Akkerman konvensiyasi (1826) dan norozi boʻlgan Turkiya Rossiyani usmonlilar imperiyasining ashaddiy dushmani deb eʼlon qildi va barcha musulmonlarni ruslarga qarshi gʻazovotga chaqirdi. Rossiya 1828-y. 14 apr. da Turkiyaga qarshi yurish boshladi. Rus qoʻshinlari tez orada Konstantinopolga yaqinlashib qoldi. Bundan choʻchigan Gʻarb davlatlari Turkiyaga darhol sulh tuzishni va Rossiya shartlariga koʻnishni taklif kildi. Turkiya 1829-y. 2 (14) sent. da Adrianopol sulh shartnomasini imzoladi. Adrianopol sulh shartnomasi natijasida Qora dengizning Bosfor va Dardanel boʻgʻozlaridan rus va xorijiy davlatlarning savdo kemalari erkin oʻtish huquqini oldi. Kavkaz yerlarining Rossiyaga uzil-kesil oʻtganligi Adrianopol sulh shartnomasida qayd etildi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые