ADAMAR

ADAMAR (Hadamard) Jak (1865.8.12, Versal — 1963.17.10, Parij) — fransuz matematigi. Fransiya FA aʼzosi. Mat. ning turli sohalarida i. t. ishlari olib borgan. Sonlar nazariyasida rus matematigi P. L. Chebishev qoʻygan «Tub sonlar taqsimlanishining asimptotik qonuni» muammosini hal qilgan. Adamar hoz. zamon «Butun analitik funksiyalar nazariyasi»ning yaratilishiga katta hissa qoʻshgan. Uning differensial tenglamalarga doir ishlari diqqatga sazovor. Adamar mexanikada ustuvorlik muammolari va muvozanatlik holatiga yaqin holatdagi mexanik tizimlarning trayektoriyalari xossalarining tadqiqi, mat. ni maktabda oʻqitish masalasi bilan ham shugʻullangan. London, Vashington va b. mamlakatlar FA lari faxriy aʼzosi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x