ACHCHIQBUTA

ACHCHIQBUTA (Ammothamnus lemannii) — burchokdoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 50 — 100 sm. Barglari toq patsimon, uz. 10 — 19 sm, kalin tuk b-n qrplangan. Gullari oq boʻlib, uzun shingilda joylashgan. Dukkagi 1 — 4 urugʻli, spiralsimon. Urugʻi tuxumsimon, silliq, boʻyi 4, eni 3,5 mm. Achchiqbuta apr.-mayda gullab, may-iyunda urugʻlaydi. Achchiqbuta Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi qumlarda va shagalli yerlarda oʻsadi. Achchiqbutaning tarkibida 0,5 — 1,12% alkaloid bor. Ildizida 12 — 14%, tanasida 3 —5% va ildiz poʻstila 27 — 30% boʻyoq modda boʻladi. Achchiqbutaning ildiz qay-natmasi xalq tabobatida bodga qarshi ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x