ABXAZLAR

ABXAZLAR (oʻzlarini apsua deb atashadi) — Gruziyadagi xalq, Abxaziyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 115 ming (1992). Abxazlarning oz qismi qoʻshni Ajariyada, shuningdek Turkiya, Gretsiya va arab mamlakatlarida ham yashaydi. Abxazlar ajdodlari Ossuriya, keyinchalik antik davr manbalarida (abeshla shaklida) qayd etilgan boʻlib, Kavkazning Qora dengiz sohilida yashagan eng qad. xalqlardan sanaladi. Mil. av. minginchi yillarda Abxazlar ikki katta kabila (abxaz va apsi) dan iborat boʻlgan; keyinchalik bu qabilalar abxaz xalqining tarkib topishiga asos boʻlgan. Abxazlar abxaz tilida gaplashadi. Bular til va madaniyat jihatidan adigey xalqiga yaqin. Abxazlarning koʻpchilik qismi musulmonsunniylar, pravoslavlar ham bor. Ular dehqonchilik, chorvachilik, asalarichilik, shuningdek ovchilik bilan shugʻullanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x