ABULFIDO

ABULFIDO Imoduddin Ismoil ibn Ali al-Ayyubiy (1273, Damashq—1331, Hamo, Suriya) — arab qomusiy olimi. Mamluk sultonlarining Kichik Osiyoga qilgan yurishlarida (1301, 1315) qatnashadi va oʻsha yillari oʻzining mashhur tarixiy asari «Al-Muxtasar fi tarix al-bashar» («Bashariyatning qisqacha tarixi») ning asosiy qismini yozadi va uni sekin-asta toʻldirib boradi. 1320-y. Hamo amirligi (Suriya)ga hokim qilib tayinlanadi va Malik al-Muayyad («Xudo madad bergan podsho») laqabini oladi. Abulfido falakiyot, tibbiyot, tarix, botanika, geografiya kabi bir qancha fanlar sohasida yetuk olim boʻlgan. «Taqvim ul-buldon» («Mamlakatlar taqvimi», 1321) asarining 1 – qismida Yerning boʻlinishi, ekvator, yetti iqlim haqida umumiy tushuncha beriladi, dengiz, koʻl, daryo va togʻlar tasvirlanadi. 2 – qismida Yer yuzi mamlakatlari, jumladan Xorazm va Movarounnahr haqida maʼlumotlar beriladi. Ushbu asarini Abulfido umrining oxirigacha toʻlatib borgan. Geografik «Al-Muxtasar fi tarix al-bashar» («Bashariyatning qisqacha tarixi») kitobi 4 jilddan iborat boʻlib, «Tarixi Abulfido» nomi bilan ham maʼlumdir. Asardagi voqea 1329-y. gacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olib, Ibn al-Asirning «Al-Komil fit-tarix» («Tarix xususida mukammal kitob») kitobining davomi hisoblanadi. Abulfido fiqh ilmiga oid «al-Hoviy» («Toʻplam») asarini yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x