ABULFAZL ALLOMIY

ABULFAZL ALLOMIY (toʻliq ismi: Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak) (1551 — 1603) — davlat arbobi, tarixchi va adib. Akbarnshp vaziri, bosh munshiysi va eng yaqin doʻsti. Uning «Akbarnoma», «Oyini Akbariy» («Akbarshoh qonunlari») kabi yirik tarixiy asarlari Akbarga bagʻishlangan. «Mukotaboti Allomiy» (boshqa nomi «Inshoyi Abulfazl») asarida Akbarning 12 viloyat hokimlari, Buxoro xonligi, Eron shohlari va Turkiya sultonlari bilan yozishmalari jam kilingan. Bu maktublar boburiylarning qoʻshni Sharq mamlakatlari bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Abulfazl Allomiy tarjimon sifatida ham nom qoldirdi. U qad. hind faylasufi Pilpoyk asarlaridan ayrim parchalarni fors tiliga tarjima qilib, «Iyori donish» («Bilim oʻlchovi») nomi b-n bir kitobga jamladi. Abulfazl Allomiy 1603-y. Bundala qabilasining boshligʻi Singxa Devu tarafidan oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x