Abdumurod Koʻchiboyev (1944)

1944 yilda Poyariq tumanida tugʻilgan. SamDUning xorijiy filologiya fakultetini tamomlagan. Bugungi kunda u Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti sifatida talabalarga fransuz tili va tarjima sirlaridan saboq berib, yosh tarjimonlar maktabining fransuz tili boʻlimiga rahbarlik qilib kelmoqda. Amin Maallufning “Samarqand” romanini, Prosper Merimening “Kolomba” qissasini, N. Kazansakining “Isosning soʻnggi vasvasasi” romanini fransuz tilidan oʻzbekchaga tarjima qilgan. Shuningdek, M. Osimning “Shiroq”, Gʻ. Gʻulomning “Oʻgʻrigina bolam”, Oʻ. Umarbekovning “Mehmondorchilikda” singari mashhur hikoyalarini, Azim Suyun qayirmalari va Musallambonu sheʼrlaridan namunalarni fransuz tiliga oʻgirgan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/abdumurod-kochiboyev-1944/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x