ABDULLAXON BANDI

ABDULLAXON BANDI — 16-a ning 80-y. larida Buxoro hukmdori Abdullaxon II qurdirgan qad. suv ombori. Bu inshoot qoldiqlari Nurota tumani markazidan 65 km sharqda, Eski Okchob qishlogʻi yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgacha saqlangan. 1957 — 62 y. larda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-ti olimlari tomonidan oʻrganilgan. Abdullaxon bandining toʻgoni slanes toshlardan kurilib, tosh palaxsalari suvga chidamli maxsus ganch korishmasi — qir bilan biriktirilgan. Toʻgʻonning uz. asosida 73 m, yuqorisida 85 m, bal. 14,5 m. Bunda suv bosimi hamda uning agʻdaruvchi kuchi hisobga olingan holda toʻgʻon asosining qalinligi 15,3 m, ustki qismi 4,5 m qilinib zinapoya shaklida qurilgan. Toʻgʻon oldida hosil boʻlgan suv omborining uz. 1,5 km, eni 75 — 125 m. A. b. ga taxm. 1,2 mln. kubometr suv toʻplangan. Inshootdan quyida joylashgan Kamar, Oqchob, Oʻrganjiy, Ravot, Jilontamgali va Soykechar qishloqlari atrofi sugʻorilib obod etilgan. 16-a. da ana shu qishloqlar hududida taxm. 1,2 ming ga yer maydoni oʻzlashtirilgan. Ad.:Hofiz Tanish Mirmuhammad Buxoriy, Abdullanoma, OʻzFASHI, qoʻlyozma, inv. № 2207; Mirza Salimbek, Tarixi Salimiy, OʻzFASHI, qoʻlyozma, inv. № 2016; Muhammadjonov A., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x