ABDULLATIFXON (7-1551, Samarqand) — shayboniylardan. Koʻchkunchixonning oʻgʻli. Abdullatifxon Ubaydullaxon va Baroqxon bilan birgalikda Xorazmni egallagan (1537—38). 1541-y. Samarqandni Buxoro xonligidan mustaqil deb eʼlon qilib mamlakatda ikki hokimiyatchilik vujudga kelishiga yoʻl qoʻygan (1540—51); Baroqxon bilan birgalikda Karmanaga yurish qilgan. Ammo Karmana hokimi Abdulla sulton (q. Abdullaxon II) bu hujumni qaytargan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые