Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi

Navoiy viloyat hokimligining 1992-yil 27-maydagi qaroriga asosan, 263,3 ming nusxa kitob fondi, 32 nafar kutubxona xodimlari bilan viloyat birlashgan kutubxonasi tashkil qilindi.

Viloyat hokimligining madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufida 253 ta kutubxona, shu jumladan, bitta universal-ilmiy va bitta bolalar kutubxonasi viloyatning koʻp millatli aholisiga xizmat koʻrsatib keldi. Shulardan 43 ta kutubxona shaharda, 210 ta kutubxona qishloqlarda joylashgan edi.

2005-yilga kelib, viloyatdagi kutubxonalarning umumiy kitob fondi 1 794 195 nusxaga yetdi. Shundan 1 112 099 nusxasi oʻzbek tilidagi adabiyotlardir.

Viloyat universal-ilmiy kutubxonasi 6 ta tarkibiy boʻlimdan iborat.

Kutubxona 2006-yili Navoiy viloyat axborot-kutubxona markaziga aylantirilib, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va texnika vositalari bilan taʼminlandi.

 

Zuhra Berdiyeva

 

Kutubxonashunoslik” (Kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent, “Ilm ziyo”, 2014) darsligidan.

https://saviya.uz/hayot/nigoh/abdulla-qodiriy-nomidagi-navoiy-viloyat-axborot-kutubxona-markazi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x