Abdulaziz Karim — Uzun-uzun armonlar

Suvlar kechib o`tolmasman,
Senga sevgim, yetolmasman.
Qo`llaringdan tutolmasman,
Ko`ngil uzib, ketolmasman.

Uzun-uzun armonlar
Yuragimdan ketmaydi,
Uzoq-uzoq osmonlar,
Qo`lim cho`zsam, yetmaydi. (x2)

Tonglar bo`lib otolmasman,
Yonog`ingga botolmasman.
O`zga tole’ kutolmasman,
Charxi dilim bitolmasman.

Uzun-uzun armonlar
Yuragimdan ketmaydi,
Uzoq-uzoq osmonlar,
Qo`lim cho`zsam, yetmaydi. (x2)

(Seni sevaman, seni sevaman…{x3}
Sevaman…)

Uzun-uzun dostonim,
Aytib qalbim to`xtamas.
Uzoq-uzoq insonim,
Hech kim senga o`xshamas.
Uzun-uzun armonlar
Yuragimdan ketmaydi,
Uzoq-uzoq osmonlar,
Qo`lim cho`zsam, yetmaydi. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x