ABDREIMOV

ABDREIMOV Quatboy (1937.24.5, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq aktyori va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1963). Qoraqalpoq televideniyesida rej. (196368), bosh rej. (1968-71), Qoraqalpoq teatrida direktor va bosh rej. (197379), 1979-y. dan rej. Sahnalashtirgan asarlari: «Otello» (U. Shekspir, Otello rolini oʻzi ijro etgan), «Momo yer» (Ch. Aytmatov), «Abu Rayhon Beruniy» (T. Seytjanov), «Berdaq» (J. Oymurzayev), «Bilmayin bosdim tikonni» (I. Sulton), «Temir xotin (Sh. Boshbekov),«Ernazar olakoʻz» (A. Oʻtaliyev) va b. A. birinchi qoraqalpoq kino aktyori. «Oʻzbekfilm va «Qozoqfilm» kinostudiyalarida ishlangan 20 dan ortiq filmlarda suratga tushgan : Alijon («Hamza»), Ergash («Otalar vasiyati»), Valijon («Afsonadagi qiz»), Zaripboy («Boʻysunmas») va b. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofotining laureati (1973). «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x