ABDOLBOBO MAQBARASI

ABDOLBOBO MAQBARASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (18—19 – a. lar). Ichan qalʼaning sharqiy darvozasi tashqarisida joylashgan. Atrofida minora, masjid, hovuzdan iborat majmua barpo qilingan. Maqbara murabba tarxli bir xona (tashqi 5,7×5,4 m, ichki tomoni 3,4×3,4 m) dan iborat, gumbaz tomli. Gumbaz osti bagʻallari ikki qator muqarnaslar bilan bezatilgan. Peshtogʻi maqbara bilan tutashib ketgan. Uning tepasiga ikki qatorli gʻishtin sharafalar ishlangan. Masjid (17,2×8 m) chortoq targʻli, ikki ustunli, oʻng va ters ayvonli, shifti toʻsinli, minora (ost diametri 3,45 m, bal. 10 m)ning tepasi mezanali, tanasi yashil koshin belbogʻlar bilan bezatilgan. Chorsi hovuzning (14,6×13 m) cheti pogʻonali.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x