ABBOSOV

ABBOSOV Mutallib (1924 – Namangan — 1982) — teatr rassomi, Oʻzbkistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent badiiy oʻquv i. ch. kombinatida tahsil koʻrgan (1939—41). 1941-y. dan Namangan teatrida rassom, bosh rassom. Dastlab etnografik aniqlik yaratish yoʻlidan borgan Abbosov ijodida badiiy obrazlilik asosiy tamoyilga aylanadi, uning har bir spektakli oʻziga xos badiiy yechimi bilan ajralib turadi. «Nurxon», «Otello» (1954), «Gang daryosining qizi» (1956), «Ravshan va Zulxumor», «Qirol Lir» (1959) va b. 60—70y. larda «Sarvqomat dilbarim», «Guli siyoh», «Navoiy Astrobodda», «Layli va Majnun», «Halima», «Mashrab», «Yusuf va Zulayho» kabi spektakllarga sahna bezaklari yaratdi. Abbosov rangtasvir, mahobatli haykaltaroshlik («Motamsaro ona» haykali, Namanganda) sohasida ham ijod qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x