ABAZALAR

ABAZALAR, abazinlar — Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkas va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stavropol oʻlkasida yashaydigan xalq. A. 33 ming kishi (1992). Turkiyaning markaziy hududlarida 10 mingga yaqin Abazalar yashaydi. Umumiy soni 44 ming kishi (1992). Abazalarning ilk ajdodlari Qora dengiz boʻylarida, taxm. Tuapse bilan Bzib daryosi oraligida joylashgan edi. Kavkaz tillari guruhiga mansub abaza tilida gaplashadi. Hoz. hududda 14-a. dan yashaydi. 19-a. ning 30-y. lari boshlarida Rossiya tomonidan boʻysundirilgan. Abazalar adigey xalqi bilan qadimdan qoʻshni yashaganliklari tufayli, madaniyat va turmushlari ularga oʻxshab ketadi. Abazalar islom dinining sunniy mazhabida. 20-a. boshlarida Abazalar katta qabilaviy (tapanta va shkaraua) guruhlarga boʻlinib yashar edilar. Koʻpchiligi dehqonchilik (bugʻdoy, javdar, tariq), bogʻdorchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x