Abay Qoʻnonboyev

(1845–1904)

 

Qozoq klassik adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va maʼrifatparvar Abay (Ibrohim) Qoʻnonboyev Qozogʻistonning Semipalatinsk uyezdiga qarashli Chingiztov tumanida chorvador oilasida tugʻildi. Yoshlik choʻgʻlarida madrasada oʻqidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab, rus tili va adabiyotini oʻrgandi. Abay, bir tomondan, Sharq adabiyotining buyuk vakillari Firdavsiy, Navoiy, Nizomiy ijodi bilan, ikkinchi tomondan, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Ye. Saltikov-Shchedrin asarlari bilan qiziqib, oʻz bilimini oshirdi.

Abay ijodi yoshlik chogʻlaridan sheʼr yozish va oʻlan aytishdan boshlandi. Uning juda koʻp oʻlanlari xalq orasida mashhur.

Oʻz davrining ilgʻor gʻoyali ziyolisi boʻlgan Abay maʼrifatparvarlik harakatiga boshchilik qildi. U xalqni savodxon qilishga harakat qildi.

Abay lirik shoirdir. Uning sheʼrlarida tarqoq qozoq qabilalarini birlashtirish (“Shoʻrlik qozogʻim”(1885)), boylik va kambagʻallik oʻrtasidagi ziddiyatlarni koʻrsatish (“Boy bolasi va kambagʻal bolasi” sheʼrlari), yoshlikdan hunar va ilm oʻrganish zarurligi gʻoyasi (“Ilm oʻrgan” sheʼri) tarannum etildi.

Abay birinchi qozoq kompozitoridir. U oʻz sheʼrlariga xalq kuylari asosida kuy bastalagan. Abay S. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asaridan parchalarni qozoq tiliga tarjima qildi.

Oʻzbek tilida Abayning “Oʻlanlar” (1945) va “Abay Qoʻnonboyev” degan nom ostida ayrim asarlari tarjima qilib bosilgan.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/abay-qononboyev/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x