KIVISIMONLAR

KIVISIMONLAR, qanotsizlar (Apterygiformes) — qushlar turkumi. Tojsuyaksiz qushlar (tuyaqushsimonlar katta oilasi)ga yaqin turadi. Qanoti rivojlanmagan, dumi yoʻq. Oyoqlari baquv-vat, toʻrt barmokli, tumshugʻi uzun; kattaligi tovukdek, ogʻirligi 1,4—4 kg. 3 turi bor. Yangi Zelandiyada tarqalgan. Qalin butazorlarda yashaydi, toʻngi monogam qush. Yiliga 2-marta urchiydi. Yerga yoki ildizlar ostiga uya quradi. 1-2 ta yirik tuxum qoʻyadi. Tuxumni … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

OʻRDAKSIMONLAR

OʻRDAKSIMONLAR — gʻozsimonlar turkumiga mansub suvda suzuvchi qushlar oilasi. Tanasining uz. 29-150 sm. Tumshugʻi qirralari boʻylab joylashgan tishchalari va koʻndalang plastinkalari filtrlovchi apparatni hosil qiladi. Koʻpchilik turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan: erkagi yirikroq va chiroyliroq, rangli boʻladi. Dum usti bezlari yirik. Panjalarida pardasi bor. Patlari tigʻiz joylashgan, parlar yaxshi rivojlangan. Ayrim turlari ucholmaydi. Koʻpchilik Oʻrdaksimonlar … Читать далее

OʻRDAK

OʻRDAK, xonaki oʻrdak — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub parranda. Mil. dan ming yil oldin xonakilashtirilgan. Yovvoyi oʻrdak — kryakvadan kelib chiqqan. Oʻrdak deyarli barcha mamlakatlarda, ayniqsa, Xitoy (562 mln. bosh), Indoneziya (28 mln. bosh), Vyetnam (50 mln. bosh)da koʻp urchitiladi. Jahonda jami 830 mln. bosh Oʻrdak boqiladi (1999). Oʻrdakning tana tuzilishi qayiqsimon, koʻkragi keng, boʻyni va … Читать далее

BULDURUQLAR

BULDURUQLAR (Bteroclitidae) kaptarsimonlar turkumi oilasi. Bulduruqlar asl Bulduruqlar va suv bulduruqlari urugʻlariga boʻlinadi. Asl Bulduruqlarning 14 turi, suv bulduruqlarining esa oq bovur (Pteroles alchatu) vaqora bovur (R. orientalis) degan 2 turi bor. B. Afrikaning shim. qismida, Ispaniya va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda dasht va choʻllardagi suvga yaqin yerlarda yashaydi. Qishlash uchun sent. va okt. da Pokiston, … Читать далее

EMBRIOLOGIYA

EMBRIOLOGIYA (embrion va ..logiya) — embrion (murtak, pusht) ning hosil boʻlishi va rivojlanishi qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Odam va hayvonlar E. si hamda oʻsimliklar embriologiyasi farqlanadi. Odam va hayvonlar Embriologiyasi old embrional taraqqiyot (oogenez, spermatogenez), uruglanish, embriogenez, yaʼni tuxum va embrion parda ichidagi rivojlanish, shuningdek, lichinkalik (koʻpgina umurtqasizlar va amfibiyalarda), postembrional (baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlarda) … Читать далее

GISTOMONOZ

GISTOMONOZ — 2 haftadan 2-3 oylikgacha boʻlgan kurkalar, joʻjalarda oddiy Histomonas meleagridis lichinkalari qoʻzgʻatadigan kasallik. Virus tarkatuvchisi — kasallangan joʻja. Parrandalar asosan tarkibida Heterakis gallinarum nematodalari tuxumi (unda gistomanadlar uzoq muddat saqlanishi mumkin) boʻlgan oziq orqali zararlanadi. Belgilari: ishtaha yoʻqoladi, teztez ich ketadi, boshi qoramtir-koʻk tusga kiradi. 1—3 haftadan soʻng kurkalar nobud boʻlishi mumkin. Tashhis … Читать далее

SATIRA TEATRI

SATIRA TEATRI, Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri — Oʻzbekistondagi yagona hajv teatri. Toshkent sh. da joylashgan. 1986-y. «Gap egasini topadi» dasturi bilan ochilgan. «Tobutdan tovush» (Abdulla Qahhor) teatrning birinchi spektakli. M. Xoʻjayev, X. Saʼdiyev, N. Otaboyevlar teatr tashkilotchilaridir. T. Sodiqov, L. Saʼdullayev, G. Saʼdullayeva, H. Musaboyev, Sh. Rasulov, Sh. Roʻzioxunov, A. Ibotulinalar teatrning birinchi … Читать далее

UZUNQANOTLILAR

UZUNQANOTLILAR (Apodas) — uzunqanotsimonlar turkumiga mansub qushlar kenja turkumi. Oyoqlari kalta, koʻpchilik turlarining barmoklari daraxt shoxlarini changallab tutib turolmaydi. Tirnoklari bilan qoyalar va binolar boʻgʻotiga ilashib oladi. Qanotlari kalta va ingichka; tez uchadi, lekin yerda yurolmaydi; yerdan havoga koʻtarila olmaydi. Shuning uchun Uzunqanotlilar yerga qoʻnmasdan uchadi. Soʻlak bezlari kuchli rivojlangan. Bu bezlar suyukligidan in qurishda … Читать далее

UNDOSH TOVUSHLAR

UNDOSH TOVUSHLAR — ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi fatsat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farkli Undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga … Читать далее