MONOTEMATIZM (mono… va tema — mavzu) — koʻp ovozli musiqa asarlarini tuzilish prinsipi; M. maʼlum bir musiqiy mavzu (kuy)ning oʻziga xos rivojlantirish usuli bilan bogʻliq boʻlib, sonatasimfonik turkumi yoki unga asoslangan bir qismli shakllarni oʻzaro bogʻlaydi. Monotematizmning ilk namunasi — L. Betxovenning 5simfoniyasi. Monotematizm, ayniqsa, musiqiy romantizm davrida rivoj topgan (G. Berlioz, F. List va b.). Oʻzbek kompozitorlari asarlari (mas, M. Tojiyevning 3 – simfoniyasi)da ham keng qoʻllanilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые