QOZONLIQ — Bolgariyaning markaziy qismidagi shahar, Stara-Planina togʻlarining jan. etagida, Qozon-liq soyligida joylashgan. Aholisi 54 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Frakiylarning antik yozuvli gumbazsimon sagʻanasi (mil. av. 4-3-a. lar) saqlangan. Shahar atrofida dunyoga mashhur qozonliq atirguli, la-vanda plantatsiyalari barpo qilingan. Qozonliqda efir moyli oʻsimliklarning tajriba st-yasi bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые