BETON (frans. beton va lot. bitumon — togʻ smolasi) —boglovchi modda (mas, sement), suv, toʻldirgichlar (mas, shagal, qum), ayrim hollarda qoʻshilmalar qoʻshib tayyorlanadigan qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil boʻladigan qurilish material i. Qadimda Betondan gumbaz, qubbalar, ravoqlar, katta inshootlar qurishda ishlatishgan. Bunda boglovchi material sifatida loy, gips, ohak, asfaltdan foydalanishgan. Beton texnologiyasining takomillashuvi sement ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq. 19-a. da temirbetonning ixtiro qilinishi Betonning keng tarqalishiga olib keldi. Hajmiy massasiga (kgGʻm3 larda hisoblanadi) koʻra, Betonning juda ogir (2500 dan yuqori), ogʻir (1800 dan 2500 gacha,) yengil (500 dan 800 gacha) va alohida yengil (500 dan past); boglovchi moddaning turiga koʻra, sementli, silikatli, gipeli, asfaltbetonlar, polimerbetonlar va b. xillarga; vazifasiga kura, oddiy (sanoat, fuqaro qurilishi uchun ishlatiladigan), gidrotexnika, yoʻl qurilishi, issiqlik izolyatsiyasi, manzarali ishlarga, maxsus ishlarga (kimyoviy turgun, olovbardosh, yadro nurlanishlaridan himoya qmlish va b. uchun) moʻljallangan xillari bor. B. ning asosiy sifat koʻrsatkichi siqilishga mustahkamligi hisoblanadi va shu xususiyati bilan uning markalari belgilanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые