BESHIK

BESHIK — chaqaloqni belab va tebratib uxlatish uchun moʻljallangan yoʻrgʻa oyoqli maxsus moslama. Asosan tut, tol va b. yogʻochdan yasaladi. Uz. 1—1,05 m, bal. 50 sm dan 60 sm gacha. Beshikning tuzilishi: toʻrttadan sakkizta ustbozi (pombozi) va takbozi (girdbozi) bilan oʻralgan; bola yotishi uchun takbozilar ustiga yupqa taxtachalar oʻrnatiladi (unda tuvak uchun maxsus joy ajratiladi). Beshikning ikki tomonidagi yarim doyra shaklidagi yoʻrgʻa (oyoq)lariga uz. 1,2 m, eni 8—10 sm boʻlgan egmoch (qosqon) oʻrnatiladi, egmochga dasta biriktiriladi. Dastaning ikkala tomoniga qubbalar yasaladi. Bolaning bosh va oyoqlarini muhofaza qilish uchun egmochlarning ichiga boshlogʻi va bagʻalak choʻplar oʻrnatiladi. Beshik naqshlar b-n bezatiladi yoki rangbarang boʻyoklar b-n boʻyaladi, soʻng baʼzan lok surtiladi. Bolani belash uchun ip yoki shoyi matodan maxsus tikilgan abzallar (qovuz toʻshakcha, taglik koʻrpacha, yostiqchalar, qoʻlbogʻlar, govrapoʻsh, choyshab va b.) ishlatiladi. Beshikda yotganda bolaning tagi quruq, toza turadi; B. ning bir maromda tebranishiga ona allasining hamohangligi Beshik dagi bolaga yaxshi taʼsir etadi, uning tinch osuda uxlashini, ruhan sogʻlom yaxshi rivojlanishini taʼminlaydi.

Beshik qadimdan uzbek, tojik, turkman, qoraqalpoq, qirgʻiz va b. sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Qad. manbalarda, xususan «Devonu lugʻotit turk» (11-a.)da tilga olingan.

3 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x