AKSIZ (frans. accise — qirqib olmoq) — keng isteʼmol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim isteʼmol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va h. k.)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va b.) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita xaridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan maʼlum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqkan. Hoz. dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-y. 1 okt. dan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые