Alisher Halilov — Shaydo

Qaysi gulga o`xshatmay,
Hammasidan a’losiz.
Tiniq buloqday kulgingiz,
Xandonlari burrosiz.

Go`zallikning farishtasi
Balki sizning o`zingiz,
Devonalar etdi-yey,
Shahlo ikki ko`zingiz.

Oromim yo`q endi –
O`zdan ayro etdingiz.
Bir qarab, bitta kulib,
Chindan shaydo etdingiz. (x2)

Saharda gul yaprog`i
Nola qilar oftobga,
Na qilsin, u chindan oshiq
Gul erkasi gulobga.

Muhabbatim aylantirmang
Yorug` kunda sarobga,
Diydor davo bo`lsin-ey
Manday bag`ri zardobga.

Oromim yo`q endi –
O`zdan ayro etdingiz.
Bir qarab, bitta kulib,
Chindan shaydo etdingiz. (x2)

Oromim yo`q endi… yo`q endi… {x4}

Oromim yo`q endi –
O`zdan ayro etdingiz.
Bir qarab, bitta kulib,
Chindan shaydo etdingiz. (x6)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x