O`nqir-cho`nqir bo`lsa umr yo`llari,
Xatolar qilmaydi kimning qo`llari? (x2)
Adashgan hatto Haqning valiylari,
Kim bor adashmagan, xato qilmagan? (x2)
Hayajon, vahima domida qolib,
Imtihon chog`ida yanglishar tolib. (x2)
Bu sinov dunyosi kelganda g`olib,
Kim bor adashmagan, xato qilmagan? (x2)
Cho`lg`onib ba’zida kimxob atlasga,
Aldanib gohida hoyu-havasga, (x2)
Bilmayin do`st bo`lib nomard, nokasga,
Kim bor adashmagan, xato qilmagan? (x2)
Kim bor adashmagan, xato qilmagan?
Hech kimning taqdiri emas qo`lida,
Insonni ne kutar bilmas yo`lida, (x2)
Shaytonga qo`l berib dunyo o`yida,
Kim bor adashmagan, xato qilmagan? (x2)
Xatosini tugatmagan mard emas,
Kechirmaslik bandasiga xos emas, (x2)
Adashgandan yuz o`girmoq shart emas,
Kim bor adashmagan, xato qilmagan? (x2)
Kim bor adashmagan, xato qilmagan?
Oh, kim bor adashmagan, xato qilmagan?