MOSUL

MOSUL, al-Mavsil — Iroqning shim. qismidagi shahar. Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼ-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport ioʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi i. ch.), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sa-noati korxonalari mavjud. Un-t, tarix va b. muzeylar bor. M. yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi.

Mosul 6-a. da vujudga kelgan. 641-y. uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi boʻlgan. 10 — 12-a. larda turli davlatlar poytaxti. 1095—96 y. lar Mosulni Saljuqiylar egallagan. 1261-y. da moʻgʻullar hujumiga uchragan. 14-a. ning 2-yarmidan Temuriylar, 1514—1918-y. lar Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920-y. dan Iroq tarkibida.

Mosulda al-Jomiʼ alkabir madrasasi (minorasi b-n) (1170—72), al-Izziya madrasasi (12-a.), Qorasaroy qalʼasi xarobalari (13-a.) va b., shahar yaqinida Nabi Yunus maqbaramasjidi (10-a.) bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x