MUNOZARA — 1) bahs, fikrlar tortishuvi;
2) mumtoz adabiyotda keng Tapkalgan janr. Fikrlar kurashi shaklida yozilgan badiiy asar. M. da turli narsa, xrdisa, tushuncha, xrlat va b. konfliktga kirishadi. Obrazlar koʻpincha ramziy mohiyat kasb etib, munozara qiladilar. Baʼzan Munozarada maktov (pane-gerik) qism ham boʻladi. Unda mazkur asarni yozishga turtki bergan odam mak,taladi. Ammo bu xamma asarlarda ham boʻlavermaydi. Munozaraning qissadan qissa chiqarish yoki muallifning muayyan masala haqidagi xulosasi bilan tugallangan shakllari ham boʻladi. Asadi Tusiyning (11-a.) «Kecha va kunduz munozarasi», «Nayza va yoy munozarasi», Ami-/shyning «Bang va Chogʻir orasidagi munozara» (15-a.), YaqiniRtnnt «Oʻq va yoy orasidagi munozara» (15-a.). Fuzuliyning «Bangu boda», «Sihat va maraz» asarlari Munozaraning namunalaridir. Hoz. zamon oʻzbek sheʼriyatida ham bu janrda asarlar yaratilgan (Sulton Joʻra, «Tinish belgilar majlisi»).