MIRVALIYEV

MIRVALIYEV Sobir (1933.2.1, Tosh-kent) — adabiyotshunos olim. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Filol. fanlari d-ri (1971), prof. (1978). Toshkent kechki pedagogika in-tini tugatgan (1956). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-ti Adabiyot muzeyida kichik ilmsy xodim (1957), «Oʻzbek tili va adabiyoti masalalari» jur. da adabiy xodim (1958—62), in-tda katta ilmiy xodim (1962—74), Toshkent madaniyat in-ti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri (1974—95), shu kafedra prof. (1995-y. dan). Mirvaliyev ilmiy faoliyatining diqqat markazida A. Qodiriy, Hamza, Oybek, A. Qahhor, H. Gʻulom, M. Ismoiliy, Oʻ. Umarbekov singari yozuvchilar ijodi turadi. U oʻzbek romanchilik maktabining paydo boʻlish va shakllanish yoʻlini tadqiq etgan. Olimning «Oʻzbek adiblari» kitobida 20-a. da yashab ijod etgan yozuvchilar hayoti va ijodi haqida muxtasar maʼlumotlar berilgan. «El-yurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

As: Tarixiylik va zamonaviylik, T., 1976; Roman va zamon, T., 1984; Nasr, davr, qahramon, T., 1984; Oʻzbek adiblari, 2na-shri, T., 2000; Isteʼdodning qoʻsh qanoti, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x