MIR MUHAMMAD AMIN BUXORIY

MIR MUHAMMAD AMIN BUXORIY (1645—?) — buxorolik tarixchi olim. Hayoti haqida maʼlumotlar deyarli saqlanmagan. Ashtarxoniylarsan Subhonqulixon davrida saroydan chetlashtirilgan. Keyinchalik Ubaydullaxon II saroyida bosh munshiylik lavozimida xizmat qilgan. Ubaydullaxonning safarlarida hamroh boʻlib, oʻz davrining fozil kishisi sifatida tanilgan. Buxoro xonligining 18-a. 1-choragi tarixiga oid «Ubaydullanoma» (1716-y. dan keyin) asarini yozgan. Asar muqaddima, 80 bob va xotimadan iborat boʻlib, unda Ubaydullaxon hukmronligi davridagi ijtimoiysiyosiy va madaniy hayot hikoya qilinadi. Buxoro xonligining davlat tuzumi, yer egaligi, mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar (mas, 1708-y. dagi pul islohoti), Balx, Termiz, Hisori Shodmon, Shahrisabz kabi mahalliy viloyatlar hokimlari oʻzboshimchaligiga qarshi Ubaydullaxonning olib borgan kurashi va qatʼiy markazlashtirish siyosati, pirovardida, uning oʻldirilishi asarda oʻz aksini topgan. Ubaydullaxonning oʻlimidan keyin Buxorodagi islohotlarga ham barham berilgan. Mahalliy bek va hokimlarning oʻzboshimchaligi va ay-irmachiligi kuchaygan. Buxoro xonligining katta qismida Qoʻqon xonligi tashkil topdi. Shuningdek, asarda Abdulazizxon va uning vorisi Subhonqulixon davri haqida ham qisqa maʼlumotlar bor. Asarda soʻngti oʻrta asrlarda Buxoro xonligidagi unvon, daraja va mansablar; turkiy qavmlar va urugʻlar haqida nodir maʼlumotlar mavjud. Xotimada muallif bilan zamondosh mashhur olimlar, shoirlar (Sayido Nasafiy, Qosimxoʻja, Fitrat, Mulham), qozilar (mulla Sarfaroz va b.) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan: «Ubay-dullanoma»ning Toshkent, Dushanba, Sankt-Peterburgda 10 dan ortiq qoʻlyozma nusxalari mavjud. Asar toʻla ravishda A. Semyonov tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

As: Ubaydullaname, T., 1957.

Ad.: Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI — XVIII vv. Pismennыye pamyatniki, T., 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x