Oila – muqaddas qo’rg’on bo’lib, ota–ona va farzandlarning ma’nan, jismonan, ruhan yetukligi, komilligi uni boyitib turadi.Shuningdek, u kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik bo’lagidir.Oila masalasi yurtimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bizda azal-azaldan rivoj topib shakllanib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz asosi, negizini aynan oila tashkil etadi.Mamlakatimizning istiqlolga erishishi oilaviy qadriyatlarning tiklanishida muhim omil bo’ldi.Yurtboshimiz tomonidan yildan-yilga oila istiqboli, uning a’zolari ma’naviyatini yuksak darajaga olib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu asnoda, mamlakatimizda jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lgan oilani mustahkamlash, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi sa’y-harakatlar yurtimizda sog’lom avlodning shakklanishi va oilalar mustahkamligining jamiyatda keng qaror topishiga asos bo’lib xizmat qiladi. |