ANDIJON ZILZILASI

ANDIJON ZILZILASI — Oʻrta Osiyoda sodir boʻlgan kuchli zilzilalardan biri. 1902-y. 16 dek. soat 10 da roʻy bergan. Bu zilziladan Andijon sh. va uning atrofidagi qishloqlar katta talafot koʻrgan. Yer ketma-ket uch marta silkinib, birinchisi 8 — 9 ball, 1 — 1,5 minutdan soʻng ikkinchisi 9 balldan ortiq va yana 30 minut oʻtgach, uchinchisi 8 — 9 ball boʻldi. 50 ming kishi yashaydigan Andijon sh. bilan atrof qishloqlarda koʻp joylar vayronaga aylandi. Zilzilada 4652 kishi nobud boʻldi. Zilzila natijasida Andijondan 5 — 6 chaqirim narigacha boʻlgan t. y. izlari egilib qoldi. Andijon st-yasidagi parovoz va poyezd vagonlari izlaridan chetga surib tashlandi. 16 dek. dan soʻng ham bir necha oy davomida Andijonda yer qimirlab turdi. Zilzila oqibatida Andijon va uning atrofida eni 10 sm gacha bir necha yoriqlar paydo boʻldi. Ayrim yerlarda yer sathi 70 sm gacha choʻqdi. Andijon zilzilasi Jan. Fargʻona fleksurasi — uzilish chizigʻi boʻylab sodir boʻlgan. Zilzila markazi Qorayorda (40,7° sh. k. 72,2° shq. u. da) joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x