MELAMIN-FORM ALDEGID SMOLALAR — melamin bilan formaldegidnint ishqoriy va kislotali katalizatorlar ishtirokida polikondensatlanishidan hosil boʻlgan termoreaktiv oligomer mahsulotlar. M.-f. s. plastmassa, lok va qogʻoz tayyorlashda, toʻqimachilikda, shuningdek, melaminli pressmateriallar va melaminli plastiklar i. ch. da qoʻllanadi. Asbest va shisha tolasi qoʻshilgan melaminli pressmateriallar issiqqa va elektr uchquniga chidamli. Ulardan elektr as-boblar yasaladi. Sellyuloza qoʻshilgan melamin-formaldegid pressmateriallardan yengil va mustahkam idishlar tayyorlanadi. Melaminli plastiklar qurilishda, mebelsozlikda va b. da ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые