PEKKER Yan Borisovich

PEKKER Yan Borisovich (1906.4.9, As-traxon — 1993.12.12, Toshkent) — mu-siqashunos, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936), Oʻzbekiston radio qoʻmitasida musiqa eshittirishlar direktori (1936—41), Oʻzbek davlat filarmoniyasida badiiy rahbar (1944—48). Ayni paytda Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1936-y. dan), kafedra mudiri (1951—60), prof. (1971-y. dan). Asarlari Oʻzbekiston kompozitorlik musiqa madaniyati («V. A. Uspenskiy», 2-nashri, 1959; «G. A. Mushel», 1966), shuningdek, oʻzbek operasi rivoji («Oʻzbek operasi», 2-nashri, 1984) masalalariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x