KATSENOVICH

KATSENOVICH Rauf-Rafail Aleksandrovich (1920.7.9, Toshkent) — terapevt, kardiolog va fizioterapevt. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari d-ri (1964), prof. (1966). ToshTI ni tugatgan (1945). Bosh turkman kanali qurilishida 1-tibbiyot-sanitariya qismining boshligʻi (1951-53), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya i. t. in-tida ilmiy kotib (1953-58), direktor oʻrinbosari (1958—72), ayni vaqtda Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tida kafedra mudiri. 1972-y. dan ToshTI (1990-y. dan 2-ToshTI) gospital terapiya kafedrasi mudiri, Kardiologiya i. t. inti direktori (1976—97), 1997-y. dan yurakning ishemik kasalligi lab. mudiri. Katsenovich revmatizm, ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligini aniqlash va davolash usullari ustida ilmiy ish olib borgan. Kurortologiya, fizioterapiya va yurak-tomir sistemasi kasalliklariga oid asarlar muallifi.

As: Primeneniye antagonista kalsiya korinfara u bolnыx stenokardiyey napryajeniya — nekotorыye aspektы izucheniya i optimizatsii terapii, T., 1994.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x