POPOV Aleksandr Stepanovich

POPOV Aleksandr Stepanovich (1859.4.3, Sverdlov viloyati — 1905.31.12, Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi, radio ixtirochisi. Elektrmagnit toʻlqinlarni amaliy maqsadlarda qoʻllash asoschilaridan biri. Popov elektrmagnit toʻlqinlar kukuni detektori (Branlilodja ko-gereri)ni takomillashtirdi (1895) va uning asosida elektr signallarini simsiz uzatadigan qabul qilgich (priyomnik)ni (yaʼni radioaloqa-ni) yaratdi. Nihoyat 1895-y. 25 apr. kuni oʻzi yaratgan radiopriyomnikni namoyish qildi. U radiotoʻlqinlarni 1897-y. ba-horida 600 m masofaga, 1897-y. yozida 5 km masofaga, 1901-y. 150 km masofaga uzatishga erishdi. Popov gaz razryadlarini qayd qiladigan asbobyashin qayd qilgich») ni ham yaratdi (1895). Parijda 1900-y. utkazilgan xalqaro koʻrgazmada Popov oltin medal bilan takdirlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x